23:39 / 01.06.2018
4 067

Prezident Toshkent shahrini rivojlantirishga doir yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Toshkent shahrini rivojlantirishga doir yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Davlat rahbarining matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.

Ta’kidlash joizki, 1 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bundan tashqari, shu tumanning Xirmontepa mahallasi faollari bilan uchrashib, muloqot qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Toshkent shahrini rivojlantirishga doir yig‘ilish o‘tkazdi