
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Davlat rahbarining matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.

Ta’kidlash joizki, 1 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bundan tashqari, shu tumanning Xirmontepa mahallasi faollari bilan uchrashib, muloqot qildi.
Shavkat MirziyoyevToshkent shahriChilonzor tumaniBunyodkor ko‘chasiCho‘ponota ko‘chasiAholi bandligiSanoat rivojlantirishMuhandislik kommunikatsiyasiObodonlashtirish ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar