Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.
Videoselektor yig‘ilishida Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirga ta’lim tizimi bilan bog‘liq bir qator vazifalarni qo‘ygan. Ularning eng asosiysi — jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini oshirish.
Qayd etilishicha, ko‘plab rivojlangan davlatlarda o‘qituvchilik eng obro‘li kasblardan biri hisoblanadi. Shuning uchun endi o‘qituvchining nufuzini oshirish, eng obro‘li kasblardan biriga aylantirish bugunning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerak.
«O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi