
Toshkentdagi do‘kon va restoranlar alohida ruxsatnoma bilan soat 23:00dan keyin ham ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezidentning “ Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmoni ilovasida aytilgan.
Hujjat bilan shahar boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha 32 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Bandlardan birida soat 23:00dan keyin umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalariga ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma olish tartibini joriy etishni nazarda tutilgan.
Ruxsatnoma alohida bir oylik to‘lov evaziga beriladi.
15 oktyabrga qadar bunday ruxsatnoma berish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan hujjat qabul qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar