17:23 / 17.09.2018
4 748

Endilikda notarius fuqarodan 17-shaklni talab qilmaydi

Endilikda notarius fuqarodan 17-shaklni talab qilmaydi
Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda turar joyda doimiy propiskada boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga muvofiq, turar joyda doimiy roʻyxatga olingan shaxslar haqida maʼlumot olishda davlat notarial idoralari va ichki ishlar organlarining oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi belgilandi.

Mazkur tartibga koʻra, turar joy mulkdori yoki uning nomidan harakat qilishga vakolatli boʻlgan vakil turar joy oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash uchun DNIga koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda kadastr yigʻmajildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi.

Bunda notariuslar maʼlumot olish uchun turar joy joylashgan ichki ishlar organiga kuryerlik xizmati orqali yozma shaklda yoki idoralararo elektron tizimlar orqali soʻrovnoma bilan murojaat qiladi.

Ichki ishlar organlari, agar soʻrovnoma kuryerlik xizmati orqali yuborilsa – bir soat ichida yozma yoki elektron shaklda, elektron tizim orqali yuborilsa – zudlik bilan real vaqt rejimida elektron shaklda javob berishi shart.

Maʼlumotlar ichki ishlar organlari tomonidan bepul beriladi.

Ushbu Reglament 2019 yil 1 yanvardan amalga kiradi.

Notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda turar joyda doimiy propiskada boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olish sxemasi quyida keltirilgan:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endilikda notarius fuqarodan 17-shaklni talab qilmaydi