Poytaxtda koʻchalarni yoritish tartibga solinadi
1 daqiqa o'qish4.3K

Poytaxt hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash dasturi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Normaʻning yozishicha, biror-bir tashkilotning balansida hisobda turmagan koʻchalarni yoritish obyektlari roʻyxati tuzildi. Shahar boʻyicha 7 147 ta yoritish uskunasi va 289,5 km tarmoq shundaylar sirasidan ekanligi maʼlum boʻldi.
Egasiz obyektlar 2018–2019 yillar mobaynida tiklanishi hamda ulardan lozim darajada foydalanilishini va saqlanishini taʼminlaydigan “Toshshaharnur” DUK balansiga oʻtkazilishi taklif etilmoqda. Ishlarning belgilangan qiymati – 16 766,3 mln soʻm.
Bundan tashqari, 2018–2022 yillar mobaynida 1 693,1 km lik tashqi yoritish havo elektr liniyalarini oʻzini tutib turuvchi izolyatsiyalangan simlarga almashtirish taklif etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 44 650,1 mln soʻmni tashkil qiladi (moʻljaldagi buyurtmachi – “Toshshaharnur” DUK).
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

- #Poytaxt Hokimiyati
- #Tashqi Yoritish
- #Elektr Tarmoqlari
- #Texnik Holat
- #Hujjat Loyihasi
- #Yoritish Obyektlari
- #Tashqi Yoritish Havo
- #Loyiha Qiymati
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…