Ota-bolaga soxta “Green Card”ni 7000 dollarga sotib ketishdi

1 daqiqa o'qish4.4K
Ota-bolaga soxta “Green Card”ni 7000 dollarga sotib ketishdi
Qoʻshni qishloqda yashaydigan tanishi Botirning Amerikaga ishlagani ketayotganligini eshitib, Salimning oromi yoʻqoldi. U Botir bilan Samarqand shahrida uchrashib, undan oʻgʻlini Amerikaga yuborishda yordam soʻradi.

Botir Salimga oʻgʻlini Amerikaga yuborish uchun “GREEN CARD” yutugʻi chiqqan qiz topib berishini, oʻsha qizga farzandini uylantirsa, uning eri sifatida Amerikaga borishi mumkinligini aytdi, buning evaziga esa u Salimdan 7.000 AQSH dollari miqdorida pul soʻradi. Salim koʻndi.

Rejasi “silliq” ketayotganligidan xursand boʻlgan Botir tanishi Akromga qoʻngʻiroq qilib “GREEN CARD” yutugʻi chiqqan qizlarning manzilini soʻrab bilgan boʻldi. Bir necha kun oʻtgach esa Salim bilan birga Akrom aytgan joyga, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi bir qiznikiga borishdi. U yerdan yutuq chiqqan qiz topilmagach, xunob boʻlib, navbatdagi Akrom aytgan manzilga, Samarqand viloyati Payariq tumanida yashaydigan Sevdora Toʻrayevanikiga borishdi. Botirning hiylalariga laqqa tushgan Salim shu qizga rostdan ham yutuq chiqqan yo chiqmaganligi bilan qiziqib koʻrishni uyat hisobladi. U oʻsha qizga oʻgʻlini uylantirdi qoʻydi. Aslida, hammasi ana shundan boshlandi...

Botir Sevdoraning nomiga ingliz tilida rasmiylashtirilgan hujjatlarni Salimning qoʻliga tutqazib, evaziga undan jami 1.850 AQSH dollari va 10.900.000 soʻm oldi-yu juftakni rostladi.

Salim esa yaxshi niyatlarda kelini va oʻgʻlini Amerikaga yuborish uchun Botir aytgan barcha hujjatlarni tayyorladi. Biroq negadir Botir endi Salimning tinimsiz qoʻngʻiroqlariga javob bermay, uyiga ham kelmay qoʻygandi. Bundan Salimning ichiga gʻulgʻula tushdi. U Samarqand shahriga borib, “GREEN CARD” oʻynatadigan ofis xodimlariga Botir bergan hujjatni koʻrsatdi. U yerdagi xodimlar hujjatning soxta ekanligini aytishganida esa Salimning boshidan bir chelak sovuq suv quyilgandek boʻldi. Dargʻazab boʻlgan Salim bu ishlarga aloqasi boʻlishi mukinligini taxmin qilib, kelinini siquvga oldi. Biroq hech narsadan xabari yoʻq, oʻgʻli bilan baxtli yashab kelayotgan kelinining aybsizligini bilgach, Salim Botir va uning sherigi Akromni firibgarlikda ayblab sudga berdi.

Sud Botir va Akrom oʻzlashtirgan pullarni oʻz egasiga qaytardi va aybdorlarga nisbatan tegishli jazo tayinladi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?