Nima uchun yagona tizimga oʻtib qoʻya qolinmadi?

2 daqiqa o'qish4.8K
Nima uchun yagona tizimga oʻtib qoʻya qolinmadi?
Oʻzbekiston OTMlarida 1 paytda 2 xil baholash tizimi boʻladi (balki 3 xil, balki 4 xildir)

Bugun OTMlar 5 baholik tizimga oʻtgani haqida xabar berilgandi Nizomning toʻliq matni Lex.uz saytida eʼlon qilindi.

Eng qizigʻi bu tizim faqat 1-kurslar uchun taalluqli ekan. 2 va undan yuqori kurslar 100 ballik tizimda baholanar ekan.

Savol: bunaqa omixta tizimni nima keragi bor? Nima uchun yagona tizim oʻrnatib qoʻya qolinmadi? Kimdir tushuntirish beradimi bu haqida?

Hammadan ham oʻqituvchilarga qiyin boʻlibdi, oʻzi qogʻozbozlikdan qiynalib ketishgandi, endi ularga yana ortiqcha ish yaratishibdi. Ikki xil standartda baholash turli chalkashliklarni keltirib chiqarishi tabiiy.

– Oʻtir, senga 3!
– Domla, men 2-kursman, bizda 100 ballik.
– Ha-ya, aytgancha.

– Oʻtir, senga 5!
– Domla, men 1-kursman, bizda joriy baholash yoʻq.
– Ha-ya, aytgancha.

Nizom loyihasi portalga muhokamaga qoʻyilganda, aynan mana shu bandga eʼtiroz bildirishgan edi. Respublikada bir xil tizim boʻlsin, degan taklif qoldirilgan edi. Boshqa loyihalarda boʻlgani kabi, bunday takliflar hech bir izohlarsiz inobatga olinmadi. Unda loyihani muhokamaga qoʻyishdan nima foyda?

Mayli, bizni xalq koʻnikuvchan. Talabalarni, ayniqsa OTMdagi oʻqituvchilarni joni temirdan. Har narsaga koʻnib, koʻnikib ketaverishadi. Har qanday qarorlarni gʻing demay, bajaraverishadi.

Shuncha yildan buyon chala kirill va chala lotin yozuvlarida yozib yuribmiz, bir joyimiz kam boʻlib qolgani yoʻqku, chala 100 ballik reyting, chala 5 baholik tizimni ham ziyoni yoʻqdir. Tagʻin kim bilsin.

Ha, aytgancha, ayrim OTMlarda modul tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan va 5 baholik tizim Nizomidagi qoidalar ushbu OTMlarga tadbiq etilmasligi belgilangan. Yana ayrim OTMlar (TDYUU, TATU) kredit tizimiga oʻtishgan. Garchi modul va kredit tizimlari alohida emas, aksincha bir-birini toʻldiruvchi tizim boʻlsa ham, hali ayrim OTMlar oʻzlarida ushbu tizimlarni toʻliqligicha oʻrnatib ulgurishmadi. Vaqt oʻtishi bilan joy-joyiga tushadigan jarayon bu. Mayli, hozir qiynalsak ham, qolgan OTMlarni ham sekin-asta kredit tizimiga oʻtkazishni boshlash kerak. Boshida qiyin boʻladi, tushunarsiz boʻladi, balki ozgina “bardak” ham boʻlar. Lekin kelgusida foydasi tegadi, menimcha. Albatta bularning barchasi IMXO.
Xushnudbek Xudoyberdiyev

Manba: Azon.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?