Endi “Lirika” va tramadol sotuvchilar javobgarlikka tortiladi

1 daqiqa o'qish9.3K
Endi “Lirika” va tramadol sotuvchilar javobgarlikka tortiladi
Oʻzbekistonda tramadol va pregabalin (“lirika”) singari psixofaol dori vositalari savdosi uchun javobgarlikka tortish boshlanadi. Oliy Majlis Senati qonunchilikka kiritilayotgan jamoatchilik xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlarni maʼqulladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

Parlament yuqori palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitasida doimiy asosda faoliyat olib boruvchi senator Shuhrat Choʻlliyev IIV maʼlumotlariga tayanib, 2015 yildan 2018 yil iyuliga qadar sakkiz turdagi shu kabi sintetik kannabinoidlar aniqlanganini maʼlum qildi. Ular Oʻzbekistonda aylanishi taqiqlangan yoki cheklangan narkotik va psixotrop vositalar roʻyxatiga kiritilmagan.

Shuhrat Choʻlliyev jismoniy shaxslar dorixonalardan tashqarida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanayotgani holatlari borligini qayd etib oʻtdi. Koʻchalardagi “farmatsevtik bozorlar“da roʻyxatga kiritilmagan, yaroqlilik muddati oʻtgan psixofaol dori vositalari sotilmoqda. «Isteʼmol qilinganda «eyforiya”ni keltirib chiqaruvchi preparatlar ham aniqlandi”, — dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday vaziyat fuqarolar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. 2017 yilda 67ta shunday huquqbuzarlik aniqlangan boʻlsa, joriy yilning yetti oyi davomida 84taga yetdi.

Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunning 13-moddasiga koʻra, dori vositalari faqatgina dorixona muassasalari va ularning filiallarida sotilishi mumkin. Biroq qonunchilikda mazkur moddani buzganlik uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanmagan.

Huquqni muhofaza qilish organlaridan maʼlum qilinishicha, tramadol, pregabalik (“lirika”), zopiklon (“sonnat”) kabilar narkotik va psixofaol dori vositalari roʻyxatida boʻlgani sababli dori vositalari sotuvchilarini javobgarlikka tortish imkoniyati yoʻq edi.

“Avvallari koʻpi bilan ular militsiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagani uchun javobgarlikka tortilar, aksariyat hollarda ular bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan. Endilikda ularga qarshi kurashda qonuniy dastak mavjud”, — degan Gazeta.uz suhbatdoshi.

U tramadol va pregabalin ushbu roʻyxatga kiritilishi aniq ekanini aytib oʻtgan.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga narkotik moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi oʻzgartishlar kiritiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?