Oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi va ikki talabasi pora bilan qoʻlga olindi

1 daqiqa o'qish4.8K
Oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi va ikki talabasi pora bilan qoʻlga olindi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan xabarga koʻra, joriy yilning 24 sentyabr kuni fuqaro Ch.N. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi “R” ismli shaxs va oʻzini Mehnat vazirligining yuqori lavozimida ishlovchi rahbar xodimi deb tanishtirgan “X” ismli shaxs uning ikki tanishini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rahbarlari orqali Toshkent avtomobil yoʻllari kollejiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini maʼlum qilgan.

Ariza asosida, shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida, Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabasi J.R. ariza muallifi Ch.N.dan 3000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. J.R. ushbu pullardan 1000 AQSH dollarini oʻziga ulush sifatida olib qolib, qolgan 2000 AQSH dollarini oʻqishga joylashtirish masalasini hal etish uchun “X” ismli sherigiga berishi lozim boʻlganligini koʻrsatganligi sababli tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada, 27 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy universitetining 2-bosqich talabasi X.X. hamda ushbu universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti katta oʻqituvchisi lavozimida ishlovchi X.S.lar 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqarolar J.R., X.X. va X.S.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olinganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?