4 248
“Toshshahartransxizmat” xodimasini haqorat qilgan “Damas” haydovchisiga jazo tayinlandi (foto, video)
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini “Toshshahartransxizmat” xodimi deb tanishtirgan ayol va avtobus bekatida toʻxtab yoʻlovchi olish bilan shugʻullanadigan “Damas” haydovchisi oʻrtasida yuzaga kelgan mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqalgandi.
Ayol haydovchiga avtobus bekatida mashinani toʻxtatish mumkin emasligini aytadi. Haydovchi uning telefonda videoga olishiga eʼtiroz bildiradi hamda ayolning ortidan kelib turtib yuboradi. Orada mojaroga militsiya xodimi kelib aralashib, ularni ajratib qoʻyadi va voqea joyidan ketadi.
“Текин томоша” - автобус бекатида тўхтаган “дамасчи” ва “Тошшаҳартрансхизмат” ходимининг жанжалига ҳеч ким аралашмади“Текин томоша” - автобус бекатида тўхтаган “дамасчи” ва “Тошшаҳартрансхизмат” ходимининг жанжалига ҳеч ким аралашмади ➥ Батафсил: https://kun.uz/33571684
Опубликовано Kun.uz Суббота, 6 октября 2018 г.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha, “Damas” haydovchisiga Mirzo Ulugʻbek tumani maʼmuriy sudi tomonidan uch sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan, shuningdek, u 368 ming soʻmlik jarimaga tortilgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
IIBBning qayd etishicha, ichki ishlar xodimi metropolitendagi postda xizmat olib borgan, u yoʻriqnomada belgilangan tartibda ish koʻrgan. U postni tashlab, tartibni saqlash uchun choralar koʻrgani aytiladi: xodim yaqin oradagi patrul-post xizmati naryadini chaqirgan. Shundan soʻng xodim postga qaytib ketgan.
Afsuski, shu voqeani koʻrib turgan biror erkak na haydovchiga tanbeh berdi, na ayolni tinchlantirdi. Yurtdoshlarimizning fuqarolik burchiga munosabati shunaqa, deyiladi IIBB xabarida.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz” avtomobili haydovchisining jamoat transporti bekatida toʻxtab turib, avtobuslar harakati uchun muammolar keltirib chiqargani tasvirlangan video eʼlon qilingan va unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6- (Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi) va 135-moddasi (Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, Shayxontohur tumani maʼmuriy sudi tomonidan “Matiz” haydovchisi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan va unga 5 sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy qamoq koʻrinishidagi jazo tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng