798 mln so‘mlik zarar bekor qilindi: Li 9 ishi yakunlandi

1 daqiqa o'qish178
798 mln so‘mlik zarar bekor qilindi: Li 9 ishi yakunlandi

2025 yil 30 sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida BYD va Lixiang L9 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlangan Li 9 yo‘nalishini o‘zgartirgan BYD bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan.

Birinchi instansiya sudi BYD haydovchisining zimmasiga 798 million so‘m miqdorida moddiy zararni qoplash majburiyatini yuklagan edi. Mazkur qaror ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingach, apellyatsiya sudi uni bekor qilib, ishni qo‘shimcha tergovga yuborgan.

Mirzo Ulug‘bek tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ish yuzasidan yakuniy qaror e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Li 9 haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning uchta moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Sud qarori bilan unga jami 6 million so‘mdan ortiq miqdorda jarima tayinlangan.

Shu tariqa, avval BYD haydovchisiga yuklatilgan 798 million so‘mlik moddiy zarar masalasi bekor qilingan va ish yakunida javobgarlik Li 9 haydovchisiga yuklangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?