16:40 / 28.10.2018
4 296

Islom axloqlari sababli keksa ayolning Islomga kirishi

Islom axloqlari sababli keksa ayolning Islomga kirishi
Bir musulmon da’vatchi Yevropa mamlakatlaridan biriga safar qildi. Safar asnosida o‘sha mamlakatdagi poyezd bekatida o‘tirgan, yoshi 70 lardan oshgan bir keksa ayol qo‘liga olma ushlab olib, uni yeyishga harakat qilar edi.

Da’vatchi uning yoniga borib o‘tirdi va qo‘lidagi olmasini olib, yeyishga oson bo‘lishi uchun uni bo‘lib berdi.

Shu vaqt ayol ichiga sig‘may yig‘lab yubordi.

Da’vatchi:

- nega yig‘layapsiz?

- 10 yildan beri menga hech kim gapirmaydi, 10 yildan beri farzandlarim meni ziyorat qilishmaydi, sen nega unday qilding?

- bu dinimizning buyrug‘i, Alloh taolo ota-onalarga yaxshilik qilishga buyurgan. Mening uyimda sizning yoshingizdagi kabi onam bor. U malikalardek yashaydi, uning iznisiz hech kim, hech qayerga chiqmaydi. Ovqatlanayotganimizda onamdan oldin taomga hech kim qo‘l uzatmaydi. Men farzandlarim bilan doim onamning xizmatidamiz...

- u qanday din.....?

- u Islom dini...

Natijada keksa ayol Islom dinini qabul qildi.

Azizlar ota-onalarimiz hayotlik davrlarida ularga qo‘ldan kelgancha xizmat qilib qolaylik...!

Shoyad shu amalimiz tufayli Alloh taolo gunohlarimizni kechirib, O‘zining rahmatiga doxil qilsa.
Abdulloh KAMOL

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom axloqlari sababli keksa ayolning Islomga kirishi