“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tumanlar markazlarida psixologiya markazlari faoliyatini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Kundan-kunga turli sabablarga ko‘ra fuqarolarda malakali psixologlar xizmatiga ehtiyoj ortib bormoqda. Yuqori sifatli psixologik yordam ko‘rsatish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish fuqarolarning salomatligi va sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, har bir tumanda psixologiya markazlarini ochishni taklif qilaman, deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilishicha, markaz psixologik yordamga muhtoj insonlar: yolg‘iz ayollar, yolg‘iz qolgan keksalar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tajribali psixologlarning bilim va tajribalaridan unumli foydalanish aholining ruhiy salomatligini saqlash va ularning hayotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi, deyiladi petitsiyada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda suitsidolog va psixiatriyaga aloqador shifokorlar yetishmayotgani keskin tanqid ostiga olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi