Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga qarashli yo‘l patrul xizmati inspektorlari Koson tumani «Guvalak» mahallasi hududida odatdagidek xizmat vazifasini bajarayotgan edi.
Inspektorlar Jasur Yo‘ldoshev, Inomjon Qorayev va Shahzod Choriyev tomonidan yo‘lda harakatlanayotgan «Kobalt» haydovchisining hujjatlarini ko‘zdan kechirishga chog‘landi. Kichik serjant J.Yo‘ldoshev avtomobil haydovchisidan hujjatlarni taqdim qilishni so‘raydi. O‘zini Husniddin To‘raqulovman, deb tanishtirgan shaxs hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytadi.
Inspektorlar ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Shundan so‘ng avtomashinani vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib borilishi kerak edi.
Ammo X.To‘raqulov va uning yo‘lovchilari, ya’ni turmush o‘rtog‘i Muhabbat Jumanazarova, o‘g‘li Shohrux Egamberdiyev, qizi Kumush Egamberdiyeva xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatishadi.
Sh.Egamberdiyev qo‘liga pichoq olib Koson tumani ichki ishlar boshqarmasi 11-sonli ichki ishlar boshqarmasiga tegishli “Damas” rusumli avtomashina oynasini sindirib, ballonlariga shikast yetkazadi. Shundan so‘ng yo‘lovchilar avtomashinasiga o‘tirib, voqea joyidan qochib ketgan.
Yo‘lovchi yigitning quyushqondan chiqib ketib, amalga oshirgan qo‘pol harakatlari natijasida kichik serjant J.Yuldashev va safdor I.Qorayevga jarohat yetkazilgan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Bunday vaziyatda yo‘lovchilarning inspektorlarni qanday so‘zlar bilan «siylashi»ni aytmasak ham, kunday ayon.
Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida Sh.Egamberdiyev ushlanib, X.To‘raqulov, M.Jumanazarova va K.Egamberdiyeva tuman prokuraturasiga topshirildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi