O‘zbekiston 2018 yilning yanvaridan sentyabrigacha 350 ming rossiyalik turistni qabul qilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko‘p demakdir. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakat sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlab Novosibirskda o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.
«To‘qqiz oy ichida mamlakatga tashrifchilar soni umuman olganda 3,9 milliongacha ko‘paydi. Rossiyadan turistlar soni to‘qqiz oyda 350 ming kishiga yetdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 270 ming kishiga teng edi», - dedi elchi.
Botirjon Asadovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda: shu yilning yanvar sentyabridagina mamlakatda 190 dan ortiq yangi turoperatorlar ishlay boshladi, 2017 yilda esa ularning soni 128 ta edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi