Shu yilning 19 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi M.T. IIBga murojaat qilib, joriy yilning 18 noyabr kuni soat 22:00larda noma’lum shaxs Q.Otamirzayev ko‘chasida joylashgan sartaroshxona oldida qarovsiz qoldirilgan «VAZ-2103» rusumli avtomashinani haydab qochganligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida noma’lum shaxs avtomashinani Namangan shahridagi «Fazo» chorrahasida haydab ketayotib, shu yerda svetaforning qizil chirog‘iga to‘xtab turgan X.Q.ga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan va avtomashinani voqea joyida qoldirib, o‘zi u yerdan yashiringanligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 15-sonli o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchilari M.M. va J.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzastdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi