Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi
1 daqiqa o'qish24.2K

Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari S.Ya va I.X. 22 noyabr, tungi soat 01:30larda xizmat vazifasini o‘tayotib, fuqarolar Z.T, S.N, F.Yu, E.E, A.S, X.M va A.J.ni to‘xtatib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida o‘zlarini tanishtirishini so‘rashgan.
Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, fuqaro A.J. ichki ishlar xodimlari talabiga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatgan va telefon orqali ukasi S.J va jiyani Z.Q.ni chaqirgan.
Qarindoshlari voqea joyiga yetib kelgach, bu shaxslar ichki ishlar xodimi I.X.ni ayovsiz urib, tepkilab o‘ldirishadi va ikkinchi xodim S.Ya.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazadilar.
Jinoyat sodir etgan aka-uka va jiyan qo‘lga olinib, ularga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2- qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Nizoning boshqa ishtirokchilari ham guvoh sifatida qo‘lga olingan.

- #Andijon Viloyati
- #Izboskan Tuman
- #Ichki Ishlar
- #Jinoyat Kodeksi
- #Fuqaro A.J
- #Ichki Ishlar Xodimlari
- #Qarshilik Ko‘rsatish
- #Jinoyat Sodir Etish
- #Xodimlar Urish
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…