"Lokomotiv" bog‘ida Yangi yil archasi yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Lokomotiv" istirohat bog‘ida Yangi yil oldidan o‘rnatilgan archa yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Yong‘in Yangi yil archasini o‘rnatish vaqtida yuz bergan va archaning uch qismi yongan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga archani bezab turgan yonib-o‘chib turuvchi chiroqlardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.
IIBB uylar, ishxonalar va boshqa muassasalarda archa o‘rnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yong‘in Yangi yil archasini o‘rnatish vaqtida yuz bergan va archaning uch qismi yongan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga archani bezab turgan yonib-o‘chib turuvchi chiroqlardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.
IIBB uylar, ishxonalar va boshqa muassasalarda archa o‘rnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…