Toshkentdagi Zarqaynar majmuasi auksion savdolariga qo‘yildi. Bu E-ijro onlayn-auksioni tarixidagi eng qimmat lotlardan biri hisoblanadi.
2005 yilda qurilgan ushbu bino bir paytlar Gulnora Karimovaga tegishli edi, deyiladi «Daryo» xabarida.
Ushbu majmua hozirgi kunda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi tomonidan tasarruf etiladi.
Zarqaynar majmuasining umumiy maydoni 1,2 gektar, shundan 1,06 gektari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Bino uch qavatdan iborat va 100 ga yaqin xonaga ega. Birinchi qavatda ofis xonalari, ikkinchisida restoran va podium, uchinchisida ko‘rgazma zali joylashgan.
Lotning boshlang‘ich narxi 87,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Zakalat miqdori — 4,3 milliard so‘m. Arizalar 23 yanvarga qadar qabul qilinadi. Auksion esa 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi