Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi oxirlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘i bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib diniy idoraning Masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonov tayinlangandi.
Shundan so‘ng, 26 iyun kuni poytaxtdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur diniy idora raisi o‘rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o‘z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda