Shu yil 5 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan "Apollo Farm Trayd" xususiy korxonasiga qarashli omborxonaga deraza o‘rnida bo‘lgan gipsokarton devorini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, u yerdan Mirzo Ulug‘bek tumani Zulayxo ko‘chasida yashovchi Sh.I.ga tegishli 800 dona "Trimetazidin digidroxlorid" nomli dori vositalarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Zomin tumani Baxt mahallasida yashovchi, yuqoridagi xususiy korxona qorovuli M.O‘. va "Ulug‘bek" MFY Xorazmiy ko‘chasida yashovchi I.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi