
Shu yil 5 yanvar kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan "Apollo Farm Trayd" xususiy korxonasiga qarashli omborxonaga deraza o‘rnida bo‘lgan gipsokarton devorini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, u yerdan Mirzo Ulug‘bek tumani Zulayxo ko‘chasida yashovchi Sh.I.ga tegishli 800 dona "Trimetazidin digidroxlorid" nomli dori vositalarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Zomin tumani Baxt mahallasida yashovchi, yuqoridagi xususiy korxona qorovuli M.O‘. va "Ulug‘bek" MFY Xorazmiy ko‘chasida yashovchi I.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar