15:15 / 16.02.2019
5 739

Оziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Оziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent viloyatining Qo‘yichirchiq tumani hokimiyati binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Xalilov Umarbek Yaxshimurodovich, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Ismailovich Xusenov, o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti rektori, viloyat inspeksiyaning barcha xodimlari hamda tuman qishloq xo‘jalik korxonalarining agronomlari ishtirokida “O‘simliklarni zararsizlantirish, boshoqli don ekinlarida zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kurashish” bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv seminar mashg‘ulotida saralangan urug‘lik donini tayyorlash va uni kasalliklarga qarshi dorilashda faqat davlat standartiga javob beradigan dori vositalaridan foydalanish, ekin maydonlarini don ekishga sifatli tayyorlash va optimal muddatlarda donni ekish, agrotexnik tadbirlar (o‘g‘itlash, sug‘orish)ni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, g‘alla maydonlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan profilaktik kurash tadbirlarini amalga oshirish, rivojlanish va stresslardan chiqarish uchun mikroo‘g‘itlar, stimulyator va biostimulyatorlarni qo‘llash haqida hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Оziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi