16:03 / 15.03.2019
4 627

Oʻzbekistonda “Yil odami” deb Dubay Amiri eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda “Yil odami” deb Dubay Amiri eʼlon qilindi
15 mart — Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan bugun Toshkent shahridagi “City Palace” mehmonxonasida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Yil odami” mukofotining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

— Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba jamoat tashkiloti “Yil odami”ni eʼtirof etmoqda, bu esa mamlakatlar oʻrtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi, — dedi jamoatchilik komissiyasi hayʼat raisi A. Koʻchimov.

— Federatsiya hayʼati Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylarini xalqaro miqyosda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun 2018 yilning “Yil odami” sovrini bilan taqdirlashga qaror qildi.

Chunki 50 yillik davlat boshqaruvi tajribasiga ega, “Zamonaviy Dubay meʼmori” deya eʼtirof etilgan Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari 13 yildan beri Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. Olamshumul loyihalar amalga oshirilmoqdaki, bugun Dubay shahri har tomonlama rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Qisqa vaqt mobaynida mamlakat har tomonlama gullab-yashnadi, dunyodagi eng yirik moliya markazlari qatoriga qoʻshildi.

Shundan soʻng Dubay Amirining rasmiy vakiliga Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari mukofotlangan “Yil odami” nishoni va sertifikati topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda “Yil odami” deb Dubay Amiri eʼlon qilindi