Samarqandda onasini rashk qilib, tanishiga 35 marta pichoq urib oʻldirgan yigit haqida (foto, video)

2 daqiqa o'qish10.9K
Samarqandda onasini rashk qilib, tanishiga 35 marta pichoq urib oʻldirgan yigit haqida (foto, video)
Foto: “Daryo”
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudida sudya Ilhom Hamdamov raisligida oʻzidan 20 yosh katta tanishiga 35 marta pichoq urib oʻldirgan Tolib Azimjonovning jinoyat ishi yuzasidan sud ishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Sud majlisida aniqlanishicha, sudlanuvchi 1999 yilda tugʻilgan Tolib Azimjonov 2018 yilning yoz oylarida onasi R.K.ga tegishli telefondagi Telegram messenjeridan Shuhrat Rasulov bilan boʻlgan muloqotdan xabar topib, ularning keyingi suhbatlarini bir necha kunlar davomida kuzatib borgan. Natijada Tolib Azimjonov onasi R.K. va Shuhrat Rasulov oʻrtasidagi munosabatdan nafrati oshib, uni qasddan oʻldirishni rejalashtirib kelgan.

2018 yilning 14 oktabr kuni Tolib Azimjonov sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan cheklash jazosini oʻtash tartibini buzib, kechki soat 22:00 dan soʻng Samarqand shahridagi “Legrand” tungi klubiga borib, u yerda spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Mast holatda boʻlgan yigit 15 oktabr kuni soat 04:00 atrofida Samarqand shahridagi yashash uyiga qaytib kelgan. U 1979 yilda tugʻilgan Shuhrat Rasulovni oldindan qasddan oʻldirish rejasini amalga oshirish maqsadida uyining oshxonasida turgan oshxona pichogʻini olib, Rasulov odatda boʻladigan Samarqand shahar Amir Temur koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga qarab yoʻl olgan.

Azimjonov soat 08:15 da Sh.Rasulov oʻtirgan savdo doʻkoniga kirib, u yerda Shuhrat Rasulovning bir oʻzi boʻlganligidan foydalanib, dastlab u bilan avtomobil ehtiyot qismlari olishligi toʻgʻrisida suhbatni boshlagan. Keyin Rasulovga oʻzining uyali telefoni orqali onasiga tegishli boʻlgan telefon raqamini koʻrsatib, ushbu telefon raqami tegishli boʻlgan shaxsni tanish-tanimasligini soʻragan.

Tolib Azimjonov Shuhrat Rasulov bilan muloqot vaqtida kutilmaganda oʻzi bilan choʻntagida olib kelgan oshxona pichogʻini chiqarib, ushbu pichoq bilan uning dastlab qorin sohasiga, soʻng tanasining toʻgʻri kelgan joylariga ketma-ket oʻta shafqatsizlik bilan 29 marotaba urib tan jarohatlari yetkazgan. Shuhrat Rasulov unga faol qarshilik koʻrsatib, oʻzining hayotini saqlab qolish uchun “Erkin” savdo majmuasi tomonga qochgan.

Azimjonov oʻzining jinoiy niyatini oxiriga yetkazish maqsadida, Rasulovning ortidan borib, qoʻlida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan yana Shuhrat Rasulovning tanasining turli sohalariga ketma-ket 6 marotaba pichoq urgan.

Azimjonov koʻplab tan jarohatlar yetkazish orqali Rasulovni alohida qiynoqqa solib, oʻta shafqatsizlik bilan qasddan oʻldirgan.
Samarqandda onasini rashk qilib, tanishiga 35 marta pichoq urib oʻldirgan yigit haqida (foto, video)
Foto: “Daryo”
Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi Tolib Azimjonov Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2 qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 5 martdagi hukmi bilan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosining oʻtalmay qolgan 4 yil 5 oy 9 kuni, tayinlangan jazosiga qisman qoʻshish yoʻli bilan qatʼiy oʻtash uchun uzil kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?