O‘zbekistonda pensiya yoshining oshirilishi 2021 yildan so‘ng amalga oshishi mumkin. Bu haqda Pensiya jamg‘amasidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi «Sof.uz» nashri.
«Bugungi kunda davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasini takomillashtirish ishlari ketmoqda. Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, boshqa xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Yil oxiriga qadar, barcha bosqichlar, jumladan, jamoatchilik muhokamasidan o‘tganidan so‘ng, tasdiqlash uchun taqdim etishni rejalashtirganmiz. Hujjat 2020 yilda tasdiqlanganidan so‘ng to 2021 yilgacha tushuntirish ishlarini olib borish va bo‘lajak o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ma’lum muddat bo‘ladi», — dedi nashr suhbatdoshi.
Manbaga ko‘ra, pensiya yoshining oshirilishi 2022 yilga ko‘chirilishi ham mumkin.
Davlat pensiya ta’minotini isloh qilish konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda erkaklar uchun pensiya yoshini 63, ayollar uchun 58 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilmoqda. Pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi