Markaziy bank aholi qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi banknotlar bo‘yicha tushuntirish berdi

1 daqiqa o'qish3.8K
Markaziy bank aholi qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi banknotlar bo‘yicha tushuntirish berdi
2019 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi (2001-2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda (1994 yil namunasidagi) 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi va muomaladan chiqariladi.

Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda 3014-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan:

joriy yil 1 iyul kuniga qadar eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar va tangalar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan qabul qilinib, almashtirib berildi;

2019 yil 1 iyuldan boshlab eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalar va banknotlar tovar va xizmatlar uchun to‘lovga qabul qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborotida aytilishicha, aholi qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalar va banknotlarni bevosita Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida yangi namunadagi tangalarga va muomalada bo‘lgan boshqa nominaldagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin.

Yuqoridagi Nizomga asosan eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘ladi hamda ushbu muddatga qadar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.

2019 yilning 1 iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?