19:53 / 13.09.2019
2 839

205 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

205 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sifati kafolatlanmagan maishiy texnika buyumlarining yashirin yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kirilishiga qarshi bojxona xodimlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan Yangiyo‘l tumanidagi oshxonalardan birining yonida to‘xtab turgan fuqaro T.F.ga tegishli “Isuzu” va fuqaro X.V.ga tegishli “Mersedes bens” rusumli avtomashinalar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida avtomashinalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 47 dona televizorlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiladigan fuqaro T.R.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda tekshirildi. Natijada, ushbu shaxsning xonadonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 67 dona televizorlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi tadbirlar natijasida umumiy qiymati 205,4 million so‘mlik 114 dona televizorlar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 205 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi