14:37 / 14.09.2019
3 291

Senat: 23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi

Senat: 23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Ushbu qaror bilan nizom loyihasi ham tasdiqlanib, u 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun - ertalabki soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha o‘tkazilishi kerak. Dafn etish marosimi bundan mustasno.

Hududlarning sharoitidan kelib chiqib, osh berish marosimi vaqti Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari tomonidan belgilanadi.
Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimlarida 150 nafargacha odam ishtirok etishi mumkin.

Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat: 23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi