1,1 milliard so‘mlik «tamaki» va «pirotexnika» operatsiyasi fosh etildi

1 daqiqa o'qish3.2K
1,1 milliard so‘mlik «tamaki» va «pirotexnika» operatsiyasi fosh etildi
Bojxona xodimlari turli tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda.

Shu kunlarda Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi hamda Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida fuqaro M.I. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinani kuzatuvga olishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berishicha, mazkur avtomashina fuqaro N.Yu.ning yashash uyida to‘xtaganidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari tomonidan belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida salkam 99 million so‘mlik turli nomdagi tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 48 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro Sh.Z.ning ham yashash xonadoni belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida ushbu xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 937,7 million so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, umumiy qiymati 1 milliard 84 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi turli nomdagi jami 109 720 quti tamaki mahsulotlari va 288 195 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?