2 681
Skolkovo fan va texnologiyalar instituti olimi Toshkentda o‘z hayratini yashira olmadi
Foto: IT-Park
Skolkovo fan va texnologiyalar instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori Ivan Oseledes O‘zbekistonga tashrif buyurib, IT-Park va Inha universiteti faoliyati bilan tanishdi.
IT-Park direktori Farhod Ibrohimov rossiyalik taniqli professorga texnopark faoliyati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi chog‘ida tomonlarning axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan kelishuvdan boshlanganini ta’kidladi.
Uchrashuvda mehmonga IT-Parkning taqdimoti o‘tkazildi, unda tashkilotning umumiy faoliyati, startap jamoalari, rezidentlik va IT-ta’lim haqida so‘z bordi. Mamlakatimizda bo‘lajak IT-mutaxassislarning soni va sifatini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab IT-markazlarini rivojlantirishning muhimligi ta’kidlandi.
Professor Oseledes, shuningdek, Skolkovo Innovatsiya markazi va IT-Park o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.
Ivan Oseledes qisqa vaqt davomida tashkil etilgan IT-Park hozirgi kunda boshqa davlatlarda uzoq yillar davomida tashkil etilishini aytib, bu yerda yaratilgan yuqori texnologik jarayonlarni kuzatib, o‘z hayratini yashira olmadi.
Shundan so‘ng u Toshkentdagi Inha universitetida ham bo‘lib, u yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishdi. Bir guruh talabalarga leksiya ham o‘tib berdi.
Eslatib o‘tamiz, fizika-matematika fanlari doktori Oseledesning ilmiy qiziqishlari sohasi tenzorli ajratishlar, ko‘p o‘lchovli masalalar, hisoblash matematikasi, chiziqli algebra, matematik modellashtirish, ma’lumotlar tahlilidir.
Ivan Oseledes amaliy matematikada yangi yo‘nalish – hisoblash tenzor usullari uchun poydevor qo‘ygan yosh olim. Taklif qilinayotgan usulning mohiyati o‘rganilayotgan ob’ektni tavsiflovchi ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarning (massivlarning) katta hajmini samarali qayta ishlashdan iborat. Ko‘p o‘lchovli massivlar (tenzorlar – ob’ektning matematik ifodasi) fizika, kimyo, biologiya sohasida va ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq ko‘plab masalalarda yuzaga keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi