Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida fuqarolarning “Recruit Consulting Work Xususiy bandlik agentligi” MCHJ ishchilari ularga Shveysariya va Avstriyada ishga joylashishda yordam berishlarini va’da qilib, xizmat uchun pul olgach va’dalarida turmaganliklari haqida videosi tarqaldi. Aldangan fuqarolar videomurojaatni internetga joylashtirishga qaror qilishgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qilishicha, o‘tgan yilning iyul oyida 37 yoshli D.I., 45 yoshli M.K. yuqoridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatga murojaat qilishgan va u yerda ularga 25 million so‘m va 16 million so‘m evaziga qarindoshlarini chet elda ishga joylashtirish va’da qilingan. Shu bilan birga, korxona tomonidan bir martalik konsultatsiya uchun shartnoma tuzilib, fuqarolarga taqdim etilgan. Aldangan ayollar ushbu shartnomalarni imzolaganlar va to‘lov to‘liq MCHJ hisob raqamiga o‘tkazilgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, ushbu ayollardan tashqari mazkur MCHJga yana 22 kishi murojaat qilishgan va ularga ham xuddi shunday shartnomalar taqdim etilib, jami 445 000 000 so‘m olingan. MCHJ rahbarlari va’da qilgan ishlarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflaganlar.
Ushbu fakt asosida MCHJ rahbarlariga nisbatan 2019 yil 23 noyabr kuni Toshkent shahar prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 4-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
2019 yil 23 dekabr kuni MCHJ ofisida o‘tkazilgan tintuv davomida ashyoviy dalillar sifatida quyidagilar topilgan: imzolangan shartnomalar, sertifikat, muhr va boshqa hujjatlar. 2019 yil 27 dekabr kuni MCHJning hisob raqami “muzlatildi”.
IIBB ma’lumotida aytilishicha, “Recruit Consulting Work xususiy bandlik agentligi” MCHJning jinoiy faoliyatidan jabr ko‘rganlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin: 71-281-90-75, 71-252-55-02, 71-281-92-31, 71-281-91-85. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”