Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga litsenziya olish jarayonini sezilarli darajada soddalashtira oladigan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya olish” xizmati ishga tushirildi.
Endilikda ariza beruvchi, yo‘lovchilar va yuklarni tashishni amalga oshirish uchun litsenziya olishga quyidagi havola orqali ariza berishi kifoya, bunda zarur maydonchalar to‘ldiriladi va ariza tasdiqdan o‘tishi 3 ish kuni davomida kutiladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida yig‘im undiriladi. Litsenziya kartasini berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Litsenziyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yozma yoki elektron shaklda bir ish kuni ichida taqdim etiladi, bu esa Yagona portalning yana bir afzalligi hisoblanadi. Litsenziyaga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan litsenziya bitimi ilova qilinadi.
Xizmat Markaz, Yagona integrator UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi