Foto: «Aif.ru»
Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNII) mehnat masalalari mutaxassislari Rossiyada (nazarimizda bu biz uchun ham to‘g‘ri keladi — tahr.) keksayganda erkaklar va ayollarning pensiyaga chiqish yoshidagi farq nimaga asoslanganini tushuntirib berishdi. Bu haqda RT'ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.
Demak, ekspertlarga ko‘ra, ayollar 55 yoshda, erkaklar 60 yoshda pensiyaga chiqishlari 1930-yillarda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, organizm imkoniyatlari bo‘yicha tadqiqotlarga asoslanilgan.
«O‘sha davrdagi o‘rganishlarda oldingidek mehnat faoliyatini davom ettirish qobiliyatini aksariyat ayollar 55 yoshida, erkaklar 60 yoshida yo‘qotishi ma’lum bo‘lgan», — deya ta’kidlashmoqda rossiyalik ekspertlar.
Faqat bu emas. Mutaxassislarning aniqlik kiritishlaricha, pensiyaga chiqishda yoshga oid tafovutni belgilashda ayolning bola tarbiyasidagi alohida roli ham inobatga olingan, qolaversa, ro‘zg‘or, uy yumushlari ham asosan ularning zimmasidaligi kundek haqiqat.
Darvoqe, O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi kutilyapti. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020 yil 1 aprel sanasigacha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin