Shu yilning 22 fevral kuni Samarqandning Payariq tumani Ko‘ktepa qishlog‘idagi raqamsiz uyda qirq yashar J.G. o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eng dahshatlisi - marhumning cho‘ntagidan topilgan xatda u besh kun burun - 17 fevral kuni Jizzax shahri Kimyogar mahallasidagi xonadonda o‘z turmush o‘rtog‘i N.ni (1991 y.t.) qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketganini bayon qilgan edi.
Marhum xatida ko‘rsatilgan xonadon ko‘zdan kechirganida, darhaqiqat, ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi.
Holat yuzasidan shu kuniyoq Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi