Din ishlari bo‘yicha qo‘mita umra vizasi vaqtincha to‘xtatilgani haqida ma’lum qildi.
Qo‘mita matbuot xizmat xabarida aytilishicha, Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra vazirligi 2020 yil 27 fevral kunidan e’tiboran, dunyoning barcha mamlakatlari uchun «Umra» vizasi taqdim etishni vaqtincha to‘xtatdi.
Ushbu chora koronavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bildirilishicha, Saudiya hukumatining ushbu masala bo‘yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani xabar berilgandi.
Podshohlikning Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.
«Umra amalini bajarish va Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun podshohlikka kirish vaqtincha to‘xtatildi», - deb xabar berilgan vazirlik ning Twitter’dagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi