
Saudiya Arabistoni hukumati jahonda koronavirus tarqalayotgani sabab Umra ziyoratini bajarish uchun Makka shahri va Madinadagi Payg‘ambar masjidiga keladigan xorijliklar tashrifini vaqtincha chekladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.
Unga ko‘ra, yangi virus o‘z xavfliligini ko‘rsatayotgan davlatlar vakillarining turistik viza asosida kelishi to‘xtatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yangi tipdagi koronavirus 2019 yil dekabrida Xitoyning Xubey provinsiyasida tarqaldi. Mazkur kasallikka chalinganlar soni qariyb 80 mingga yaqinlashdi, 2715 kishi vafot etdi, 29 ming kishi tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar