date
views 3 053

“Neksiya”ga yashirilgan kuchli ta’sir etuvchi dorilar fosh etildi

“Neksiya”ga yashirilgan kuchli ta’sir etuvchi dorilar fosh etildi
Bojxona xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy harakatini oldini olish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Fuqaro X.T.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashina shubha ostiga olinib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasiga hufyona tarzda yashirilgan umumiy qiymati 13 million so‘mlik 278 dona “Lirika” hamda 148 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Neksiya”ga yashirilgan kuchli ta’sir etuvchi dorilar fosh etildi