12 172
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk ayolning kasalni yuqtirishi tafsiloti ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda ilk bora koronavirusga chalingan ayolning kasalni yuqtirishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh vazir o‘tkazgan brifing vaqtida xabar berilgan.
Koronavirus yuqtirgan ayol oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi bo‘lib, bu sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan. U Fransiyadan 11 mart sanasida Toshkentga uchib kelgan. Reysda 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va ulardan yarmi xorij fuqarolari bo‘lgan. Aeroportda o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv vaqtida hech qanday kasallik alomati topilmagan.
Oradan ikki kun o‘tgandan so‘ng ayol o‘zini noxush his qilgan va darhol tegishli tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Kecha olingan qon tahlillari koronavirus borligini ko‘rsatdi va bugun bu haqda rasman ma’lum qilindi.
Bemor ayol bilan aloqada bo‘lgan barcha insonlar — oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilar, hamkasblar va Parijdan birga uchib kelganlar karantinga olingan. Shu vaqtga qadar 150 dan ortiq odam tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Hozirda tekshiruvdan o‘tkazilayotganlar soni yana oshib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi