Xususiy taksilar narxi qanday nazorat qilinmoqda?

1 daqiqa o'qish3.6K
Xususiy taksilar narxi qanday nazorat qilinmoqda?
Taksilar narxlarini nazorat qilish maqsadida Transport vazirligi inspektorlari, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi xodimlari, shuningdek, Prokuratura mas’ullari ishtirokida maxsus ishchi guruhi joylarda tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Bu haqida Transport vazirligi AOKA qoshidagi maxsus shtabda o‘tgazilgan onlayn brifingdan so‘ng vazirlik matbuot xizmati Navro‘z Ashirmatov rahbari ma’lum qildi.

Xususiy taksilarning narxi qanday nazorat qilinmoqda?
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ham aynan mana shu mavzu atrofidagi savollar juda ko‘payib ketdi.

Aynan ko‘chadagi taksilar narxlarini nazorat qilish uchun Transport vazirligi inspektorlari, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi xodimlari, shuningdek, Prokuratura mas’ullari ishtirokida maxsus ishchi guruhi tuzilgan. Ular joylarda tushuntirish ishlari ham olib borishmoqda.

Xususan, viloyatlararo taksi qatnovlari amalga oshiriladigan turargohlarni har kuni vazirlik inspektorlari nazorat qilishmoqda.
Biroq ta’kidlab o‘tish kerakki, kunning birinchi yarmida taksilarning narxi nisbatan oshgani qayd etilgan. Lekin hozir mas’ullar nazorati yordamida narx-navo maqbul holatga keltirildi.

Xususiy taksilarni dezinfeksiya qilish va bu haqida ma’lumotnoma berish masalasi qanchalik shaffof?
Bugungi kunda Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtalishi tufayli taksilarga bo‘lgan talab oshib ketdi. Va taksilar xizmatidan foydalanayotgan yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Toshshahartrans xizmati» AJga tegishli 9 ta avtoparkda taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning transport vositalarini dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolar xususiy taksida ishga xatarsiz yetib olishi uchun nimalarga e’tibor berishi zarur?
Eng birinchi navbatda, fuqarolarga litsenziyali taksi xizmatidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Chunki litsenziyali taksilarning kunlik dizenfeksiya qilinishi bevosita nazoratga olingan.

Bundan tashqari, yo‘lovchilardan gigiyena qoidalariga rioya etishlarini ham so‘rab qolamiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?