Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Deputatlar, jumladan, «III va IV darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi, «Sog‘lom avlod uchun» medalini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonun loyihalarini muhokama etdilar.
Parlament saytida xabar qilinishicha, III va IV darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirish, jismoniy va tibbiy madaniyatni rivojlantirish orqali aholi salomatlik darajasini yuksaltirish, bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, jismonan sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirishdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi. Ushbu ordeni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.
III darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, IV darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi. Shuningdek, mazkur ordenlar bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadi.
Deputatlarning qayd etishicha, mazkur ordenlar va medalning ta’sis etilishi mamlakatda xalqning salomatligini saqlash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi.
“Bu yangilik, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi butun dunyoga xavf solib turgan bugungidek kunda nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay, o‘z sog‘lig‘i va hayotini xavfga qo‘yib bo‘lsa-da, odamlar salomatligi uchun kurashayotgan fidoyi kasb egalarini ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga imkon yaratadi”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi