
Foto: Getty Images
Milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda izolyatsiyada yashashga qaror qildi. Bu haqda u Forbes’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Shubhasiz, koronavirus pandemiyasi biznesga ham va afsuski, jahon iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balki majburiyatlari ham bor. Ular uchun virusning o‘zi ham, bozorlarni silkitib yuborgan axborot to‘lqini ham xavfli.
Pandemiya qarshisida hamma teng, Xudo saqlasin. Hozir eng muhimi – odamlar salomatligi va baxti uchun dunyo davlatlari rahbarlari iroda ko‘rsatib, geosiyosiy qarama-qarshiliklarga qaramay, global xavf qarshisida birlasha olishlari lozim.
O‘zimga kelsak, men xavf guruhiga kirganim sabab, o‘zimning tarixiy vatanim – Toshkent shahrida o‘z-o‘zimni izolyatsiya qildim», – deydi 66 yoshli Usmonov.
Alisher UsmonovKoronavirus PandemiyasiToshkentda IzolyatsiyaBiznesga Ta’sirOdamlar SalomatligiGlobal Xavf Qarshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar