00:29 / 03.04.2020
8 497

«O‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi». Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan g‘oyibona vidolashdi

«O‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi». Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan g‘oyibona vidolashdi
Ayni paytda oilasi bilan Rossiyada yashayotgan xonanda Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshevning vafotidan so‘ng ilk marta Instagram’dagi sahifasiga shaxsiy arxividagi suratlarini joylab, vidolashuv so‘zlarini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram/@lolaofficial_
«Mening eng sevimli, eng yaxshi, eng dono dadajonim! Sizni boshqa ko‘ra olmasligim, sizning ovozingizni boshqa eshita olmasligim, ko‘rishayotganimizda sizni ikki marta o‘pa olmasligim va nihoyat ijod borasida bahslasha olmasligim, navbatdagi ijodiy ishimga kamtarin maqtovingizni eshita olmasligimga ishona olmayapman.

Dadajon, bilaman siz bilan o‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi. Endi bu shunchaki butunlay boshqa energetik darajadagi muloqot bo‘ladi, buni bilaman va his etmoqdaman.

Vujudimda Alloh menga ushbu qayg‘uga bardosh berishim uchun menga sovg‘a qilgan nevarangiz, sizning bir qismingizning yurakchasi urmoqda. U zamonaviy o‘zbek estradasi asoschisi sifatida yaratgan tarixi davomida bir necha avlodni yetishtirgan, mehribon, aqlli va iste’dodli ijodkor inson bo‘lgan bobosi bilan albatta faxrlanadi. Tug‘ilgan kuningiz bilan, dada! Sizni yaxshi ko‘raman, mening qahramonim!», — deb yozdi Lola.

Foto: Instagram/@lolaofficial_

Foto: Instagram/@lolaofficial_
Eslatib o‘tamiz, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi, «Tarona Rekords» kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi». Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan g‘oyibona vidolashdi