Lola Toshkent metrosida paydo bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e’tiborini tortdi! (video)

Xonanda Lola Toshkent metrosida paydo bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e’tiborini tortdi. San’atkor metroda tasvirga olingan videoni o‘z sahifasida e’lon qilib, unga hazilomuz izoh qoldirdi.
“Yilning eng glamur taqdirlash marosimiga ketayotib, tirbandlikda qolib ketsangiz, aslo tushkunlikka tushmang. Zero, chiroyda O‘zbekiston metrosiga teng keladigani yo‘q. Manzilga bir zumda yetib olasiz, ham estetik zavq olasiz”, — deb yozdi xonanda.
Lolaning ushbu izohi kuzatuvchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab muxlislar san’atkorning fikrini qo‘llab-quvvatlab, Toshkent metrosining o‘ziga xos me’moriy ko‘rinishi va bezaklarini e’tirof etishdi.
Xonandaning metroda ko‘rinish berishi ham muxlislar uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Video ostida unga iliq fikrlar va maqtovlar bildirilmoqda.































Izohlar 0
…