date
views 3 679

Andijonda niqobsiz yurgan erkak inspektorlarning oldida tig‘ bilan o‘zini kesib tashladi

Andijonda niqobsiz yurgan erkak inspektorlarning oldida tig‘ bilan o‘zini kesib tashladi
Andijonda ko‘chada mast holda, kamiga niqobsiz yurgan erkak inspektorlarning oldida tig‘ bilan o‘zini kesib tashladi. Uning nega bunday qilgani noma’lum…

Profilaktika inspektorining xizmat xonasida o‘ziga-o‘zi o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgan bu fuqaroning ishini inspektorlar ham tushunishmadi. Aslida Baxtiyor Saidov o‘g‘irlikda gumon qilinib, Andijon shahar Hamkorlik fuqarolar yig‘ini binosida joylashgan profilaktika inspektorining xizmat xonasiga chaqirilgan edi. Mast holda kelgan gumonlanuvchi yuqoridagi xatti-harakatni amalga oshirdi.

Baxtiyor Saidov o‘ziga tan jarohati yetkazish bilan birga fuqarolar osoyishtaligini ham buzdi, yana bir qoidabuzarligi esa karantin qoidalariga amal qilmaganidir. Unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Andijon shahar ma’muriy sudida ko‘rib chiqildi, Baxtiyor Saidovga jarima solindi va 15 sutkalik qamoq jazosi berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda niqobsiz yurgan erkak inspektorlarning oldida tig‘ bilan o‘zini kesib tashladi