11:33 / 24.04.2020
2 375

Koronavirus infeksiyasi insult va epilepsiyaga olib kelishi mumkin

Koronavirus infeksiyasi insult va epilepsiyaga olib kelishi mumkin
Koronavirus infeksiyasi insult va epilepsiyaga olib kelishi mumkin, deb xabar berdi "Kazinform" Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasining tezkor shtabiga ma’lumotiga tayanib.

Germaniyaning "Nyurnberg" klinikasi nevrologiya markazining mudiri, nemis olimi Frank Erbgut COVID-19 sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nevrologik kasalliklar haqida gapirib berdi.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, ahvoli og‘ir bemorlarda insult, miya yallig‘lanishi, bosh aylanishi va hatto epilepsiya kasallikning asoratlari sifatida paydo bo‘lishi mumkin.

Virus o‘z-o‘zini yo‘q qiladigan avtoimmun jarayonini qo‘zg‘atadi, bunda organizm o‘zining asab hujayralariga o‘zi hujum qiladi.
"Frank Erbgutning ta’kidlashicha, Xitoyning Uxan shahrida bemorlarning 36,4 foizida nevrologik asoratlar kuzatilgan" deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus infeksiyasi insult va epilepsiyaga olib kelishi mumkin