Karantin davrida aholini ijtiomiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining ehtiyojmand qismiga homiylik asosida kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etilishiga ko‘maklashish shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqatlar markazlashgan tartibda yetkazilishi ta’minlanmoqda.
Bunday xayrli ishlar kuni kecha Majburiy ijro byurosi tashabbusi bilan Andijon tumanida tuman prokuraturasi hamkorligida o‘tkazildi.
Xususan, imkoniyati cheklangan ikki nafar fuqaroga maxsus aravachalar, shuningdek, 10 dan ortiq oilalarga kundalik yeguliklar ulashildi.
Shu kunga qadar, Byuroning Andijon viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan 130 dan ortiq kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘li uzatilib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, 211 nafar iste’molchilarning 57 mln 245 ming so‘mlik, elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda maishiy chiqindi xizmatlaridan bo‘lgan qarzdorliklari homiylik asosida to‘lab berildi.
Byuroning barcha bo‘limlari tomonidan bunday sahovat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Andijon viloyati boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Andijon viloyati boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Supergol urgan Fayzulllayevning o‘yini qanday baholandi?