
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimidan mashinasini jarima maydonchasiga yubormaslikni tiz cho‘kib so‘ragan erkak aks etgan video keng tarqaldi.
Videoda Neksiya-2 haydovchisi YPX xodimidan mashinani jarima maydonchasiga yubormaslikni so‘rayotganini ko‘rish mumkin.
Avtomobil yonida evakuator mashinasi ham ko‘ringan. Inspektorning so‘zlaridan haydovchi yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullangani uchun jazolanganini bilish mumkin. Haydovchi tiz cho‘kkan holda uni kechirishini so‘ragan. Erkak, ayoli kasal ekanligini va jarimani to‘lay olmasligini aytgan. Hozircha voqea qayerda sodir bo‘lgani ma’lum emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar