Qashqadaryolik shifokorlarning karantinda to‘y qilgani o‘z isbotini topdi

1 daqiqa o'qish3.5K
Qashqadaryolik shifokorlarning karantinda to‘y qilgani o‘z isbotini topdi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi shifokorlarning karantin paytida to‘y qilgani o‘z isbotini topdi. Qizining to‘yi uchun bazm uyushtirgan shifokor karantin qoidalarini buzishda ayblanmoqda, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

Mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib borgan tuman IIB xodimlari shifokorlarning quda bo‘lganini tasdiqladi.

«2020 yil 2 aprel kuni Muborak tuman FHDYO bo‘limi tomonidan fuqarolar — Sh.J. va Z.B.ning nikohi rasmiylashtirilib, nikoh guvohnomasi berilgan. Buni nishonlashni maqsad qilgan kelinning onasi T.X. 14 aprel kuni uyida qarindoshlari bilan oilaviy bayram uyushtirgan. Bu to‘plangan hujjatlar va shaxslarning ko‘rsatmalari orqali o‘z tasdig‘ini topdi», — deyiladi tuman IIB xulosasida.

Tuman IIB karantin qoidalarini buzib, qizining to‘yi munosabati bilan bazm uyushtirgan shifokor T.X.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, shifokorga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab viloyat Sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi tuman bo‘limiga murojaat qilgan.

Qayd etish lozim, mazkur modda bilan ayblangan va aybi tasdiqlangan fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslar esa o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Daryo»da Muborak tumanida yashovchi shifokorlar karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgani xabar qilinib, to‘yda 50 nafar mehmon ishtirok etgani aytilgandi.

Tuman IIB esa to‘y bo‘lganini rad etib, bu haqda xabar bergan Muborak tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jo‘rayevni yolg‘on axborot tarqatishda ayblab, ikki kun tergov qilgandi. IIB dagi tergov xususida gapirgan Zafar Jo‘rayev tergov davomida och holda olib o‘tirilgani bois tobi qochib, tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib borilganini, ammo shifoxonada unga yordam ko‘rsatilmaganini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlash joiz, o‘sha voqealardan so‘ng tuman hokimi G‘ayrat Jovliyev ham ishdan olingandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?